Bugun 21 sentyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Reuters Putin Ukrainadagi urushni yakunlash uchun qo‘ygan shartlar ro‘yxatini e’lon qildi

A A A
Reuters Putin Ukrainadagi urushni yakunlash uchun qo‘ygan shartlar ro‘yxatini e’lon qildi

Agentlik manbalariga ko‘ra, Rossiya prezidenti quyidagi shartlar bajarilmaguncha Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishni istisno qilmoqda:

◾️ To‘laqonli tinchlik kelishuvi imzolanmaguncha o‘t ochish to‘xtatilmaydi;

◾️ Ukraina Qurolli kuchlari Donesk va Lugansk viloyatlarining ma’muriy chegaralaridan chiqib ketishi shart;

◾️ Rossiya Xerson va Zaporoje viloyatlaridagi front chizig‘ini hozirgi holatida muzlatib qo‘yadi;

◾️ Rossiya Sumi va Xarkov viloyatlarida egallagan ayrim hududlarni Ukrainaga qaytarib beradi;

◾️ Qrim ustidan Rossiya suvereniteti rasman tan olinishi shart;

◾️ Rossiyaga qarshi ayrim sansiyalar bekor qilinishi kerak;

◾️ Ukraina NATO'ga a’zo bo‘lmasligi kerak;

◾️ Ukrainaning ayrim hududlarida yoki butun mamlakatda rus tiliga rasmiy maqom berilishi lozim;

◾️ Kiyev Ukrainada Rus pravoslav cherkovi erkin faoliyat yuritishini ta’minlashi zarur.

Kiritildi: 13:57 17.08.2025. O'qildi: 4041 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!