Bugun 17 avgust, 2025 yil, yakshanba

КИР

Isroilga tahdid: "Mamlakat falaj qilinadi"

Isroilga tahdid:  "Mamlakat falaj qilinadi"

DW: Isroilda G‘azo sektoridagi urushni to‘xtatish talabi bilan miting bo‘lib o‘tdi, asirlarning qarindoshlari “ish tashlashlar orqali mamlakatni falaj qilish” bilan tahdid qildi.

Nashrning xabar berishicha, 16 avgust oqshomida mamlakat poytaxti Tel-Aviv markazida bir necha ming kishi yig‘ilib, hukumatni G‘azodagi urushni to‘xtatishga va isroillik garovdagilarni ozod qilish bo‘yicha kelishuvga erishishga chaqirdi. Xuddi shunday mitinglar Hayfa, Quddus va Beer-Shevada ham o‘tkazildi.

HAMAS tomonidan asirga olinganlarning qarindoshlari birlashmasi yahudiy taqvimiga ko‘ra ish kuni hisoblanuvchi 17 avgustda yirik ish tashlash o‘tkazilishini e’lon qildi.

"17 avgust kuni mamlakatni ish tashlashlar bilan falajlantiramiz. Biz bu bilan to‘xtab qolmaymiz, Netanyahu urushga chek qo‘yishini jimgina kutib o‘tirmaymiz", deyiladi birlashma bayonotida. Biroq Isroildagi eng yirik kasaba uyushmasi Histadrut rejalashtirilgan ish tashlashni qo‘llab-quvvatlamadi.

Kiritildi: Bugun 13:00. O'qildi: 1326 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!