Fox News telekanali AQSh birinchi xonimi Melaniya Trampning Rossiya prezidenti Vladimir Putinga yo‘llagan maktubi matnini e’lon qildi. Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, Donald Tramp maktubni Ankorijdagi muzokaralar chog‘ida janob Putinga topshirgan va RF rahbari darhol uni o‘qib chiqqan.
Melaniya Tramp Rossiya qo‘l ostida qolayotgan ukrainalik bolalar haqida yozgan.
"Har bir bolaning qalbida bir xil sokin orzular bor, u qishloqda yoki katta shaharda tug‘ilgan bo‘ladimi. Ular sevgi, imkoniyat va xavfsizlikni orzu qiladi", - deb yozadi Melaniya Tramp murojaat boshida.
Birinchi xonim Vladimir Putin "ularning ohangdor kulgisini tiklashga” qodirligini qo‘shimcha qildi. "Bolalarning begunohligini himoya qilib, siz nafaqat Rossiyaga xizmat qilasiz, balki butun insoniyatga xizmat qilasiz. O‘sha tasavvurni bugun qalam zarbi bilan amalga oshirishingiz mumkin. Vaqti keldi", deb davom etdi Tramp xonim.
Vladimir Putin va Donald Tramp o‘rtasidagi muzokaralar 15 avgust kuni Alyaskada bo‘lib o‘tgan.18 avgust kuni Vashingtonda AQSh prezidenti va Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning uchrashuvi bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Agar muzokaralar muvaffaqiyatli yakunlansa, Donald Tramp 22 avgustdayoq Rossiya va Ukraina prezidentlari ishtirokida uch tomonlama uchrashuv o‘tkazishni xohlaydi, deb yozadi Axios va CNN.