Bugun 18 avgust, 2025 yil, dushanba

КИР

Tramp Putin va Zelenskiyni 22 avgust kuni uchrashuvga taklif qildi

Tramp Putin va Zelenskiyni 22 avgust kuni uchrashuvga taklif qildi

AQSh prezidenti Donald Tramp 22 avgust kuni Rossiya, Ukraina va AQSh ishtirokida uch tomonlama uchrashuv o‘tkazish istagini bildirdi. Bu haqda Axios manbasiga tayanib xabar berdi.

«Tramp Zelenskiy va suhbatda qatnashgan boshqalarga uch tomonlama sammitni “tez” tarzda, 22 avgustda o‘tkazmoqchi ekanini aytdi», — deb keltiradi Axios so‘zlarini.

🇨🇳 Axios ma’lumotlariga ko‘ra, Vladimir Putin Trampga Ukrainaga kafolatlar masalasini muhokama qilishga tayyor ekanini bildirgan va bu doirada Xitoyni tilga olgan — u hamda yana boshqa davlatlar kafillardan biri bo‘lishi mumkinligini aytib o‘tgan.

🔗 Shu bilan birga, The New York Times xabariga ko‘ra, 18 avgust kuni Oq uyda Tramp va Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘rtasida bo‘ladigan uchrashuvga YEI yetakchilari ham taklif etilgan.

Kiritildi: 14:38 17.08.2025. O'qildi: 918 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!