Bugun 18 avgust, 2025 yil, dushanba

КИР

Markaziy bank kredit berish tartibiga qo‘shimcha talablar joriy etmoqda

Markaziy bank kredit berish tartibiga qo‘shimcha talablar joriy etmoqda

Markaziy bank aholiga kredit ajratish jarayonini tartibga solish maqsadida yangi talablar kiritishni taklif qildi.

Qaror loyihasiga ko‘ra:
➖ kredit oldidan ma’lumot berish – banklar shartnoma imzolanishidan oldin qarz oluvchiga majburiyatlar va tavakkalchiliklar haqida standart chek-list orqali ma’lumot berishi shart;
➖ restrukturizasiya tartibi – moliyaviy qiyinchilikka duch kelgan qarzdorlar uchun shartnomani o‘zgartirish tartibi belgilanadi va u bank saytida joylashtiriladi;
➖ noto‘g‘ri amallarni taqiqlash – ortiq kredit taklif qilish, ijtimoiy nafaqani qarzga yo‘naltirish, muddati kelmasdan oldin to‘lov talab qilish taqiqlanadi;
➖ mobil ilova cheklovlari – oldindan belgilangan rozilik belgilarini qo‘yish, kredit parametrlarini yoki daromad ma’lumotlarini oldindan to‘ldirish, shartnoma matnini to‘liq ko‘rmasdan rozilik berish imkoniyatini yaratish taqiqlanadi.

Kiritildi: 18:46 15.08.2025. O'qildi: 832 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!