Olmaota viloyatida bedarak yo‘qolgan vertolyotning bir qismi va bir ekipaj a’zosining jasadi topilgan.
Mutaxassislar sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlari va matematik hisob-kitoblardan foydalanib, vertolyot bo‘lishi mumkin bo‘lgan hududni aniqlagan.
Belgilangan hududga qidiruv guruhlari va maxsus texnikalar jo‘natildi. Taxminan 14 metr chuqurlikda havo kemasining ayrim qismlari va jasad topilgani haqida Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi. "Hozirda shaxsni aniqlash ishlari olib borilmoqda", deyiladi xabarla.
Eslatib o‘tamiz, EC-145 vertolyoti 25 iyul kuni bedarak yo‘qolgan, uning bortida esa 3 nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan.