Bugun 11 avgust, 2025 yil, dushanba

КИР

Eron Zangezur yo‘lagining AQSh nazoratiga o‘tishiga qarshi

Eron Zangezur yo‘lagining AQSh nazoratiga o‘tishiga qarshi

Bu haqda Eron oliy yetakchisining maslahatchisi Ali Akbar Veloyatiy ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Zangezur yo‘lagining Vashington nazoratiga o‘tishi Janubiy Kavkazdagi geosiyosiy vaziyatni o‘zgartiradi, Eron chegaralarida xavfsizlikka ta’sir qiladi, mamlakatni shimol va g‘arbda izolyasiyaga olib keladi hamda NATO'ning mintaqada bo‘lishi uchun sharoit yaratadi.

"Bu Eron va ayrim qo‘shni davlatlarga qarshi siyosiy fitna. Biz NATO Eronning shimoliy chegaralariga yaqinlashishiga yo‘l qo‘ymaymiz", — deya ta’kidladi Veloyatiy.

U, shuningdek, ilgari Turkiya va Ozarboyjonning koridorga tahdid qilishga urinishlariga javoban Eron harbiylari mamlakatning shimoli-g‘arbida mashg‘ulotlar o‘tkazib, bunga yo‘l qo‘ymaslikka tayyorligini namoyish etganini eslatdi.

Kiritildi: 21:25 09.08.2025. O'qildi: 835 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!