Bu haqda “Meduza” nashri xabar bermoqda.
"8 avgust kuni Rosaviasiya Sochi osmonini yopgani sababli shahar aeroportida transport kollapsi yuz berdi. 9 avgustga kelib aeroportda 57 ta aviareys kechiktirilgan, yana bittasi bekor qilingan", deya xabar bermoqda nashr.
Sochi aeroportidagi kollaps sabab Sibir shaharlaridagi — Krasnoyarsk, Tomsk, Novosibirsk, Novokuznesk va Norilsk aeroportlaridagi reyslar ham kechikmoqda.
Rosaviasiya ko‘pincha Ukrainaning dron hujumlari sabab Rossiya aeroportlarining ishini cheklaydi, buning natijasida o‘nlab reyslar bekor qilinadi yoki kechiktiriladi.