BMT Xavfsizlik Kengashi 10-avgust, yakshanba kuni Isroilning G‘azo sektorini bosib olish qarorini muhokama qiladi.
Diplomatik manbalardan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, BMT Xavfsizlik kengashining G‘azo sektoridagi gumanitar inqirozni muhokama qilish uchun favqulodda yig‘ilishi sanasi 10 avgustga ko‘chirildi, yig‘ilish 9 avgustga belgilangan edi.
Mahalliy vaqt bilan soat 10:00 ga belgilangan uchrashuvning keyinga qoldirilgani sababi haqida ma’lumot berilmagan.
Isroil hukumatining G‘azo shahrini bosib olish qarori fonida BMT Xavfsizlik Kengashining AQSh va Panamadan tashqari barcha a’zolari yig‘ilish o‘tkazishni talab qildi.
7-avgust, payshanba kuni Isroil xavfsizlik mahkamasi Falastin anklavining shimoliy qismida joylashgan G‘azo shahrini bosib olish rejasini ma’qulladi.
Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu vazirlar mahkamasi yig‘ilishi oldidan Fox News telekanaliga bergan intervyusida "G‘azoning butun hududini nazorat ostiga olish" niyatini ma’lum qildi.