Toshkent shahar hokimi 2025 yil 21 iyul kuni pul ajratish haqidagi qarorni imzoladi. Unda shahar ko‘cha va yo‘llarda harakat xavfsizligini ta’minlash va piyodalar bilan bog‘liq bo‘lgan yo‘l-transport hodisalarining oldini olish maqsadida temir panjaralar o‘rnatish uchun 6,9 mlrd. so‘m ajratish nazarda tutilgan.
Eslatib, o‘tamiz, 2025 yil 20 may kuni ham temir panjaralar uchun pul ajratilgandi. Hokim qaroriga ko‘ra, ko‘cha va yo‘llar bo‘ylab temir panjara o‘rnatish uchun:
- Olmazor tumaniga 260 mln. so‘m;
- Shayxontohur tumaniga 156 mln. so‘m;
- Bektemir tumaniga 104 mln. so‘m;
- Yashnobod tumaniga 78 mln. so‘m;
- Chilonzor tumaniga 182 mln. so‘m;
- Uchtepa tumaniga 156 mln. so‘m;
- Yakkasaroy tumaniga 221 mln. so‘m;
- Sergeli tumaniga 65 mln. so‘m;
- Yunusobod tumaniga 104 mln. so‘m;
- Mirzo Ulug‘bek tumaniga 130 mln. so‘m ajratish belgilangan.