Bugun 7 avgust, 2025 yil, payshanba

КИР

Ko‘kdala tumanida ro‘y bergan yong‘in to‘g‘risida rasmiy ma’lumot berildi

Ko‘kdala tumanida ro‘y bergan yong‘in to‘g‘risida rasmiy ma’lumot berildi

Bugun, 5 avgust soat 22:20 lar atrofida Ko‘kdala tumani, Ko‘kdala MFY hududida joylashgan gaz to‘ldirish shoxobchasida yong‘in ro‘y berganligi to‘g‘risida FVBGA xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra, qutqaruv xizmatidan yong‘in-qutqaruv ekipajlari voqea joyiga yetib borib, hozirda yong‘inni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

Voqea joyiga viloyat FVB va tuman FVB rahbar xodimlari yetib borgan. Holat bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi, deyiladi rasmiy xabarda.

Shuningdek, viloyat hokimligi axborot xizmati "portlash" emas, yong‘in chiqqanini ma’lum qildi.

Kiritildi: 23:16 05.08.2025. O'qildi: 770 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!