Mirobod tumanida avtomashinada sodir bo‘lgan yong‘in to‘g‘risida ma’lumot berildi.
5 avgust kuni soat 12:52 da Toshkent shahri Mirobod tumani, Nukus ko‘chasida avtomashina yonayotgani to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar tushgan.
Shunga muvofiq, yong‘in-qutqaruv texnikasi ko‘rsatilgan manzilga soat 12:59 da yetib borgan va yong‘in soat 13:06 da o‘chirilgan.
Yong‘in oqibatida jabrlanganlar yo‘q.
Hozirda yong‘in sababi aniqlanmoqda.