Bugun 3 avgust, 2025 yil, yakshanba

КИР

Giyohvandlik bo‘yicha ishonch telefoni ishga tushirildi

Giyohvandlik bo‘yicha ishonch telefoni ishga tushirildi

Aholiga narkologiya xizmati imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida murojaat maxfiyligi kafolatlangan koll-markaz faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Koll-markaz raqami: +998 55 515-45-65 (ish vaqti: 7/24).

Bu giyohvandlik bilan bog‘liq muammosi mavjud shaxslar va ularning yaqinlari respublikaning istalgan nuqtasidan narkologiya muassasasiga qatnamasdan, o‘zi haqidagi shaxsiy ma’lumotlarni sir saqlagan holda maxfiy narkologik maslahat olish imkonini beradi.

Qayd etish kerak, giyohvandlikka bilib-bilmay kirib qolgan yoki shunday deb o‘ylagan odamlar o‘zlarini ko‘rsatishdan uyaladi, jamiyat oldida andisha qiladi yoki qo‘rqadi. Bu markaz orqali ularning shaxsi mutlaqo sir saqlanadi.

Qo‘ng‘iroq qilib bog‘langanlar o‘zi yoki yaqini bunday baloga qanday kirib qolgani, birinchi belgilar kuzatilganda nima qilish kerakligi haqida bepul maslahatlar olishlari mumkin.

Kiritildi: 21:48 01.08.2025. O'qildi: 487 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!