"Prezident Trampning “Buyuk va ajoyib qonun”i Amerika avtomobilining sobiq shon-shuhratini qaytaradi", deb yozilgan X ijtimoiy tarmog‘ida chiqarilgan postda.
Biroq ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari suratdagi avtomobilning dizayni sovet davrida tegishli mashina — VAZ-2101 (Lada 1200) yoki “Jiguli”ga juda o‘xshashligini payqashdi.
Odamlar bu postga hazilomuz tarzda "Amerika nihoyat eski “Lada”larni ishlab chiqaradigan bo‘ldi" deb yozishdi.
Eslatib o‘tamiz, iyul oyining boshida AQSh prezidenti “Buyuk va ajoyib qonun” nomli soliqlarni kamaytirishga oid qonunni imzolagan edi. Trampning fikricha, bu qonun iqtisodiy o‘sishga turtki beradi, biroq so‘rovnomalarga ko‘ra, ko‘plab amerikaliklar bu tashabbusga shubha bilan qaramoqda va uni ma’qullamayapti.
Tramp vakili bo‘lgan Respublikachilar partiyasining bir necha kongressmenlari ham ushbu qonun loyihasiga qarshi chiqqan, chunki u davlat qarzining o‘sishiga olib kelishi mumkin.