Bugun 18 dekabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Qozog‘iston Rossiyaga Volga bo‘yicha yangi hamkorlikni taklif qildi

Qozog‘iston Rossiyaga Volga bo‘yicha yangi hamkorlikni taklif qildi

Qozog‘iston Kaspiy dengizi suv sathining tarixiy darajada pasayishi ortidan Rossiyaga yangi tashabbus bilan chiqdi. Mamlakat vise-premyeri Bolat Bekniyazning so‘zlariga ko‘ra, Volga daryosini birgalikda boshqarish uchun alohida ishchi guruh tuzish taklif etilmoqda.

Kaspiy dengizi suvining 80%i aynan Volga orqali kirib keladi. Biroq bu daryo, Ural (Jayiq) kabi rasman transchegaraviy hisoblanmaydi va shu bois u bo‘yicha hech qanday kelishuvlar mavjud emas.

Agar suv sathining pasayishi davom etsa, bu nafaqat Qozog‘iston va Rossiya, balki butun Markaziy Osiyoda suv xavfsizligiga tahdid soladi. Ayniqsa:

Qozog‘istonning Atirau va Mangistau hududlari;

Turkmanistonning Kaspiy sohilidagi infratuzilmalari;

O‘zbekistonning Amudaryo orqali kosviy bog‘liq manfaatlari.

Eslatib o‘tamiz, Volga daryosi Rossiyaning Astraxan shahri yaqinida Kaspiyga quyiladi.

Kiritildi: 21:55 02.08.2025. O'qildi: 2384 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!