Toshkent shahridagi mavjud aeroport 2030 yilgacha kutilayotgan 15 million yo‘lovchi oqimini qabul qilishga to‘liq qodir emas. Buni inobatga olib, Toshkent viloyatida yangi xalqaro aeroport qurilishi rejalashtirilmoqda.
Hozirda loyiha xususiy sheriklik asosida amalga oshirilishi kutilmoqda va xorijiy kompaniyalar takliflari ko‘rib chiqilmoqda.
Yangi aeroport shahar tashqarisida joylashadi va zamonaviy talablarga javob beradi.