2024 yilda respublikadagi barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 475,2 ming tonna qo‘y va echki go‘shti (tirik vaznda) yetishtirilgan.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, shundan 22,7 ming tonnasi fermer xo‘jaliklarida yetishtirilgan bo‘lsa, 432,8 ming tonnasi dehqon va tomorqa xo‘jaliklarida yetishtirilgan.
Qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarda esa 19,7 ming tonna go‘sht yetishtirilgan.