Bugun 3 avgust, 2025 yil, yakshanba

КИР

Talabalar turar joyi uchun ariza yuborish 1 avgustdan boshlandi

Talabalar turar joyi uchun ariza yuborish 1 avgustdan boshlandi

Vazirlar Mahkamasining 376-son qarori (14.08.2023 y.) bilan tasdiqlangan reglamentga asosan 1 avgustdan boshlab talabalar arizalarini my.gov.uz portali orqali yuborishlari mumkin.

Reglamentga muvofiq dastlab imtiyoz va ustuvorliklarga ega talabgorlar talabalar turar joylariga qabul qilinadi.

Shundan so‘ng, umumiy ro‘yxatdagi talabalar uchun yotoqxonada ortib qolgan o‘rinlar soniga nisbatan navbat asosida quyidagicha taqsimlanadi:
▪️1-kurs talabalari uchun 55 — 65 foiz;
▪️2-kurs talabalari uchun 15 — 20 foiz;
▪️3-kurs va undan yuqori kurs talabalari uchun 20 — 25 foizgacha ajratiladi.
Arizalar qabuli 1 avgustdan boshlab o‘quv yili yakuniga qadar davom etadi.

Kiritildi: 14:58 01.08.2025. O'qildi: 443 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!