Bugun 2 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

Portugaliya hukumati ham Falastin davlatini tan olmoqchi

Portugaliya hukumati ham Falastin davlatini tan olmoqchi

Portugaliya hukumati Falastin davlatini tan olish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Luis Montenegro ma’lum qildi.

"Portugaliya hukumati prezident va parlamentdagi siyosiy partiyalar bilan Falastin davlatini tan olish masalasida maslahatlashuvlar o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bu jarayon sentyabr oyida Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tadigan BMT Bosh assambleyasida yakunlanishi mumkin", — deya aniqlik kiritdi Montenegro.

Avvalroq Fransiya, Buyuk Britaniya, Malta va Kanada ham sentyabr oyida Falastin davlatini tan olishlari haqida e’lon qilishgan edi.

Kiritildi: 20:55 31.07.2025. O'qildi: 761 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!