Bugun 2 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

O‘zbekiston samolyotlarida 6 oyda 5 ta o‘lim holati qayd etilgan

O‘zbekiston samolyotlarida 6 oyda 5 ta o‘lim holati qayd etilgan

2025 yilning hozirgi kuniga qadar samolyotda 5 ta o‘lim holati qayd etilgan va ularning barchasi manzilga yetib borgunga qadar samolyot bortida ro‘y bergan. Bu haqda "Uzbekistan Airports" axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, 2024 yilda esa 14 ta o‘lim holati qayd etilgan bo‘lib, ulardan 11 tasi samolyot bortida, 3 tasi Toshkent xalqaro aeroportining uchib kelish zalida sodir bo‘lgan.

Uchishga qarshi asosiy tibbiy ko‘rsatmalar:
—yaqin orada o‘tkazilgan jarrohlik operasiyalari;
—o‘tkir yurak-qon tomir kasalliklari (masalan, yurak xuruji, beqaror stenokardiya);
—insult va boshqa o‘tkir nevrologik holatlar;
—Pnevmotoraks, og‘ir bronxial astma, pnevmoniya;
—tromboemboliya, faol qon ketish, og‘ir anemiya;
—quloq, burun bo‘shliqlari va ko‘zlarning barotravmasi;
—homiladorlikning so‘ngi bosqichlari, ayniqsa og‘ir asoratlar bo‘lsa.

2024 yilda O‘zbekiston aeroportlarida 46 nafar yo‘lovchi sog‘lig‘i sababli parvozga qo‘yilmagan. Joriy yilning olti oyida esa 61 yo‘lovchiga parvoz qilishga ruxsat berilmagan.

Kiritildi: 15:53 31.07.2025. O'qildi: 479 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!