Bugun 2 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

Ottava Falastinni tan oladi — Kanada bosh vazir

Ottava Falastinni tan oladi — Kanada bosh vazir

Mamlakat bosh vaziri Mark Karni 30 iyul kuni mamlakat Birlashgan Millatlar Tashkilotining sentyabr oyidagi yig‘ilishida Falastin davlatini tan olish rejasini e’lon qildi.

Kanada bu bilan Fransiya va Buyuk Britaniyadan keyin Falastinni tan olishi kutilayotgan “Katta yettilik”ning uchinchi davlati bo‘ladi.

"Kanada Isroil hukumati G‘azoda falokat yuz berishiga yo‘l qo‘ygani faktini qoralaydi. Tan olish qarori Falastin davlatini BMTda ifodalaydigan Falastin ma’muriyatining boshqaruvni isloh qilayotgani, 2026 yilda umumiy saylovlar o‘tkazishga tayyorligi haqidagi kafolatlarga asoslangan. Bu saylovlarda HAMAS ishtirok etmasligi lozim", — dedi Karni.

Bundan tashqari, Kanada hukumati rahbari HAMASni 2023 yil 7 oktyabr kuni uyushtirilgan hujum chog‘ida asirga olinganlar darhol ozod qilishga chaqirdi.

Kiritildi: 12:04 31.07.2025. O'qildi: 482 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!