Britaniya aeroportlarida havo harakatini boshqarish tizimidagi nosozlik sababli ko‘plab reyslar kechiktirilmoqda va bekor qilinmoqda, deb xabar bermoqda BBC.
Londonning Gatvik aeroporti ma’muriyatining ma’lum qilishicha, havo harakatini boshqarish tizimidagi texnik muammo Buyuk Britaniyadan jo‘naydigan barcha reyslarga ta’sir qilgan.
"Xavfsizlikni ta’minlash maqsadida London ustidan o‘tayotgan havo kemalari sonini cheklayapmiz", deyiladi aeroportning aviadispetcherlik xizmati bayonotida.
BBC'ga ko‘ra, hozirda tizimning ishlashi "tiklangan", biroq butun mamlakat bo‘ylab reyslarning kechikayotgani haqida xabarlar kelmoqda. Liverpul, Birmingem, Manchaster, Edinburg va boshqa ko‘plab aeroportlardan reyslar bekor qilingan.