Bugun 2 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

Avstraliyada 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarga YouTube'dan foydalanish taqiqlanadi

Avstraliyada 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarga YouTube'dan foydalanish taqiqlanadi

Bu haqda Reuters nashri xabar bermoqda.

"Mamlakatda o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, voyaga yetmaganlarning 37 foizi YouTube platformasida “zararli kontent”ga duch kelgan", deya yozmoqda agentlik.

Avvalroq Avstraliya hukumati Facebook, X, Instagram, Snapchat va TikTok kabi ijtimoiy tarmoqlarga nisbatan ham shunga o‘xshash cheklovlarni joriy qilgan edi.

Reuters'ning xabar berishicha, taqiq shu yilning dekabr oyida kuchga kirishi mumkin.

YouTube ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda ushbu platformadan 13–15 yoshli avstraliyaliklarning qariyb 75 foizi foydalanmoqda.

Kiritildi: 21:31 30.07.2025. O'qildi: 420 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!