Bugun 2 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

Kamchatkadagi zilziladan so‘ng Klyuchi Sopkasi vulqoni otilishni boshladi

Kamchatkadagi zilziladan so‘ng Klyuchi Sopkasi vulqoni otilishni boshladi

Evroosiyo materigidagi eng baland faol vulqon — Klyuchi Sopkasi so‘nggi 70 yildagi eng kuchli zilziladan so‘ng otila boshladi. Bu haqda Rossiya Fanlar akademiyasi Geofizika xizmati Kamchatka filiali xabar berdi.

Olimlar vulqonning g‘arbiy yonbag‘ri bo‘ylab qizigan lava oqimini qayd etishmoqda. Vulqon Ust-Kamchatka tumanidagi Klyuchi qishlog‘idan 30 km masofada joylashgan, bu yerda taxminan 4,5 ming kishi yashaydi.

30 iyul tonggida Kamchatkada zilzila yuz berdi, AQSh Geologiya xizmati uning kuchini 8,8 ball deb baholadi. Zilziladan so‘ng Yaponiya va Kamchatkaning qirg‘oq hududlari, shuningdek, AQShning Aleut va Gavayi orollarida sunami xavfi e’lon qilindi. Biroz vaqt o‘tgach, Kamchatka bo‘yicha favqulodda vaziyatlar vaziri Sergey Lebedev mintaqada sunami xavfi bekor qilinganini ma’lum qildi.

Kiritildi: 20:55 30.07.2025. O'qildi: 971 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!