"Rossiyaga Ukrainadagi urushni tugatishi uchun beriladigan 10 kunlik muhlat bugundan boshlanadi. Putin urush davom etishini xohlashi mumkin. Ammo biz bojlarni joriy qilamiz. Bu ularga ta’sir qilishi ham, qilmasligi ham mumkin", — dedi AQSh prezidenti 29 iyul kuni Shotlandiyadan uchib ketishidan oldin Air Force One samolyoti bortida.
Donald Trampning boshqa bayonotlari:
◾️ Ukrainadagi urush uzoq vaqydan beri davom etmoqda, biroq uni osonlikcha barham berish mumkin edi;
◾️ Rossiyaning savdo hamkorlariga nisbatan bojlar joriy etilishi global energetika sektoriga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligidan xavotirlanganim yo‘q;
◾️ Agar Rossiya va uning savdo hamkorlariga qarshi bojlar joriy etilganda global energetika bozorida muammolar yuzaga kelsa, AQSh neft qazib olish hajmini oshiradi. Mamlakatimizda juda ko‘p neft bor;
◾️ Men Ukraina mojarosiga barham berish bo‘yicha o‘z takliflarim yuzasidan Putindan hech qanday javob olmadim, bu achinarli holat;
◾️ Xitoy rahbari Si Jinpin bilan uchrashuvimizni intiqlik bilan kutyapman, bu joriy yilning oxirigacha bo‘lib o‘tishi mumkinligini.