Nyu-York shtati departamenti ITF, ya’ni Xalqaro Turon federasiyasi (International Turon Federation)ni dunyoning eng yirik aglomerasiyalaridan birida ro‘yxatga oldi. Bu esa 2025 yil 15 iyuldan Xalqaro Turon federasiyasi rasman tashkil topganini bildiradi.
Xalqaro Turon federasiyasining aynan Nyu-York shahrida tashkil etilishi bejiz emas. Nyu-York — dunyoning yirik siyosiy, moliyaviy va madaniy markazlaridan biri bo‘lib, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Butunjahon banki, Xalqaro valyuta jamg‘armasi kabi ko‘plab global institutlar aynan shu shaharda joylashgan. Federasiya bosh qarorgohining aynan shu yerda tashkil etilishi Turon sportining xalqaro miqyosdagi rivoji uchun qulay imkoniyatlar yaratadi.
Yangi tashkil etilgan federasiya oldida bir qator muhim vazifalar turibdi. Jumladan:
Federasiya ushbu yo‘nalishlarda izchil va tizimli ishlarni boshlashga tayyor. Maqsad — Turon sporti orqali o‘zbek milliy merosini xalqaro miqyosda kengroq tanitishdir. Federasiya bu yo‘lda hamkorlikka ochiq va qo‘llab-quvvatlashga tayyor bo‘lgan barcha tashabbuskorlarga doimo ochiq, deyiladi tashkilot press-relizida.