Bugun 2 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

Buyuk Britaniya bosh vaziri shu hafta Falastinni tan olish rejasini taqdim etishi mumkin

Buyuk Britaniya bosh vaziri shu hafta Falastinni tan olish rejasini taqdim etishi mumkin

Bu haqda The Times nashri ma’lum qildi.

Nashrning yozishicha, Kir Starmer o‘z hukumati ichida katta bosim ostida qolgan. Britaniyalik vazirlar Falastin davlatini tan olish jarayonini tezlashtirishni talab qilmoqda. Leyboristlar partiyasidan 130 dan ortiq deputat ham bu tashabbusni qo‘llab-quvvatlamoqda va bu joriy yilning yil yakunigacha amalga oshishiga umid bildirmoqda.

"Buyuk Britaniya sentyabr oyida Falastinni rasman tan olishni rejalashtirgan Fransiya yo‘lidan borishi dargumon. Starmerning rejasi aniq muddatlar o‘rniga Falastinni tan olish Yaqin Sharqda tinchlikka erishish vositasi sifatida qanday ishlatilishi mumkinligini ko‘rsatadigan shartlarni o‘z ichiga olishi mumkin", deyiladi The Times xabarida.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Britaniya bosh vaziri yaqin kunlarda o‘z rejasini AQSh va Arab davlatlari kabi ittifoqchilariga taqdim etadi. Rejada falastinliklarning “o‘z mustaqil davlatini tuzish bo‘yicha ajralmas huquqi” tan olinishi nazarda tutilgan.

Eslatib o‘tamiz, 24 iyul kuni Fransiya prezidenti Emmanuel Makron BMT Bosh Assambleyasining sentyabr oyida bo‘lib o‘tadigan yig‘ilishida Falastin davlatini rasman tan olish niyatida ekanini ma’lum qilgan edi.

Kiritildi: 21:55 29.07.2025. O'qildi: 629 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!