Donald Tramp Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahuning "G‘azoda ocharchilik yuz bergani yo‘q" degan bayonotiga uncha qo‘shilmasligini bildirdi.
"Biz G‘azo sektoridagi odamlarga yordam uchun juda ko‘p mablag‘ va oziq-ovqat ajratyapmiz. Boshqa davlatlar ham bu bo‘yicha harakatni boshlamoqda. Men Buyuk Britaniya ham bunda ishtirok etayotganini bilaman", — deya qo‘shimcha qildi AQSh prezidenti Buyuk Britaniya bosh vaziri bilan uchrashuvda.
Kir Starmer esa G‘azoda “gumanitar inqiroz” mavjudligini va bu “mutlaq falokat” ekanini ta’kidladi.