Ushbu chora Raqamli rivojlanish vazirligi tomonidan firibgarlikka qarshi kurash vositasi sifatida yangi qonun loyihasiga kiritilgan.
Ya’ni abonentlarda xorijdan qo‘ng‘iroqlarni avtomatik ravishda qabul qila olmaydi. Lekin muayyan chet davlatdan qo‘ng‘iroq qabul qilish kerak bo‘lsa, abonent bu haqda oldindan operatorga xabar berishi kerak bo‘ladi.
Operatorlar xorijdan amalga oshirilayotgan barcha qo‘ng‘iroqlarni ro‘yxatga olishi va ular haqidagi ma’lumotlarni 3 yilgacha saqlashi kerak bo‘ladi.
Yangi qonun ayni damda muhokama bosqichidan o‘tmoqda, Duma tomonida ma’qullangan taqdirda u 2026 yilning 1 martidan kuchga kiradi.
2024 yilda telefon firibgarlari rossiyaliklarning 27,5 mlrd rubl pulini o‘g‘irlagan. Asosan pensiya yoshidagi kishilar firibgarlar qurboniga aylanmoqda.