Bu haqda ikki davlat muzokaralariga vositachilik qilgan Malayziya bosh vaziri Anvar Ibrohim e’lon qildi.
"Kelishuv mahalliy vaqt bilan 28 iyul yarim tundan kuchga kiradi", — deya ma’lum qildi Anvar Ibrohim ikki davlat rahbarlari o‘rtasidagi muzokaralardan so‘ng. Muzokaralar uning rezidensiyasida bo‘lib o‘tdi.
Tailand va Kambodja chegarasidagi to‘qnashuvlar bir necha kundan beri davom etmoqda. Mojaroga Preaxvihea ibodatxonasi atrofigidagi bahsli hudud uchun nizoning keskinlashishi sabab bo‘ldi.
Ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, to‘qnashuvlar oqibatida o‘nlab insonlar halok bo‘ldi, yuzdan ortiq odam jarohatlandi. Shuningdek, 100 minglab odamlar evakuasiya qilindi.