Bugun 2 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

Niderlandiya Isroilni tahdid sifatida tan oldi

Niderlandiya Isroilni tahdid sifatida tan oldi

Niderlandiya tarixda ilk bor Isroilni xavfsizlikka tahdid soluvchi davlatlar qatoriga kiritdi. Ushbu ro‘yxatda Rossiya, Turkiya va Eron ham bor. Bu qaror xavfsizlik va terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha chora-tadbirlarni muvofiqlashtirish ofisi tomonidan qabul qilingan.

Niderlandiya ma’lum qilishicha, Isroil mamlakatda jamoatchilik fikrini manipulyasiya qilish va siyosiy qarorlarga ta’sir o‘tkazish maqsadida dezinformasiya (yolg‘on axborot) kampaniyalarini uyushtirishga urinayotganini ta’kidlagan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tgan yili Isroilning tegishli vazirligi Niderlandiya OAVga norasmiy kanallar orqali ushbu mamlakat fuqarolari haqida nozik shaxsiy ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan hujjatni yetkazgan. Bu voqea Amsterdamda “Makkabi” futbol jamoasi muxlislariga guruh tomonidan qilingan hujumdan so‘ng ro‘y bergan. Niderlandiya hukumati Isroilni mazkur hujumda ishtirok etgan shaxslarga nisbatan zo‘ravonlikni qo‘zg‘atishga urinishda ayblagan.

Isroilning xavfli faoliyatiga yana bir misol sifatida Gaagada joylashgan Xalqaro jinoyat sudiga bosim o‘tkazish urinishlari ham ko‘rsatib o‘tilgan.

Kiritildi: 11:07 28.07.2025. O'qildi: 686 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!