Isroil Buyuk Britaniya Bosh vaziri Kir Starmerning Falastin davlatini tan olish rejalari haqidagi bayonotini rad etadi.
Bu haqda Isroil TIV matbuot xizmati ma’lum qildi.
"Isroil Buyuk Britaniya bosh vazirining bayonotini rad etadi. Fransiyaning harakatlari va ichki siyosiy bosimdan so‘ng Britaniya hukumati pozisiyasining o‘zgarishi endi XAMAS uchun mukofot bo‘lib, G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish va garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha kelishuvga erishish harakatlariga zarar yetkazadi", - deyiladi rasmiy bayonotda.
Avvalroq Starmer, agar Isroil G‘azo sektoriga insonparvarlik yordamini to‘sishda davom etsa va anklavdagi harbiy operasiyani to‘xtatmasa, Buyuk Britaniya BMT Bosh Assambleyasining sentyabr oyida bo‘ladigan sessiyasi oldidan Falastin davlatini tan olishga tayyorligini ma’lum qilgandi.