Janubiy Koreyaning texnologiya giganti Samsung kompaniyasi Amerikaning elektromobil ishlab chiqaruvchi Tesla kompaniyasi uchun mikroelektronika ishlab chiqarish bo‘yicha uzoq muddatli shartnoma imzoladi.
Bu haqda Bloomberg agentligi xabar berdi.
Uning ma’lumotlariga ko‘ra, kelishuv qiymati 16,5 milliard dollarni tashkil etadi va 2033 yil oxirigacha amal qiladi.
Agentlik ta’kidlaganidek, Tesla bilan yangi shartnoma Samsung mikrochip ishlab chiqarish bozorida o‘z o‘rnini yo‘qotib qo‘ygani fonida imzolangan. Hozirgi vaqtda kompaniya o‘z mahsulotiga talab yuqori bo‘lganligi sababli barcha shartnoma majburiyatlarini o‘z vaqtida bajara olmaydigan Tayvanning TSMC kompaniyasidan farqli o‘laroq, mikroelektronika ishlab chiqarish quvvatlaridan to‘liq foydalanish uchun yetarlicha buyurtmalar olmayapti. Ikkala chip ishlab chiqaruvchisi ham 2 nanometrli chiplarni ishlab chiqarishga o‘tishga tayyorlanmoqda.