Bugun 2 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

Fransiya Yevropa Ittifoqi va AQSh kelishuvini tanqid qilmoqda

Fransiya Yevropa Ittifoqi va AQSh kelishuvini tanqid qilmoqda

Fransiyaning o‘ng qanot Milliy miting partiyasi parlamentdagi fraksiyasi rahbari Marin Le Pen Yevropa Ittifoqi va AQSh o‘rtasidagi yangi savdo kelishuvini keskin tanqid qildi.

Bu haqda u X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yozdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Ursula fon der Lyayenning Donald Tramp bilan tuzgan savdo bitimi Yevropa Ittifoqi uchun "siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy fiasko" hisoblanadi.

"Siyosiy nuqtai nazardan, bu muvaffaqiyasizlik, chunki 27 a’zosi bo‘lgan YEI Buyuk Britaniyadan ham yomonroq sharoitlarga erishdi", deb yozadi Le Pen.

Uning so‘zlariga ko‘ra, kelishuv Yevropa Ittifoqini har yili AQShdan suyultirilgan gaz va qurol ko‘rinishida yuzlab milliard yevro import qilishga majbur qiladi, u buni iqtisodiy muvaffaqiyasizlik va Fransiya sanoati, shuningdek, mamlakat energetika va harbiy sohalari uchun “kapitulyasiya” deb atadi.

Le Pen, shuningdek, Germaniya avtosanoati uchun tariflarni pasaytirish uchun bitim fransuz fermerlarining manfaatlarini qurbon qilganidan g‘azabini bildirdi.

Kiritildi: 09:50 28.07.2025. O'qildi: 904 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!