Bugun 2 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

Turkiyada yong‘inni o‘chirish vaqtida suv yuk mashinasi jarlikka qulab tushishi natijdasida uch kishi halok bo‘ldi

Turkiyada yong‘inni o‘chirish vaqtida suv yuk mashinasi jarlikka qulab tushishi natijdasida uch kishi halok bo‘ldi

Turkiyaning Bursa viloyatida Gursu va Kestel tumanlari o‘rtasida halokatli hodisa ro‘y berdi — Bolu viloyatidan o‘rmon yong‘inini o‘chirish uchun ketayotgan suv tashuvchi avtomobil jarlikka qulab tushdi.

Haber Global nashri xabar berishicha, fojia oqibatida uch kishi halok bo‘lgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, noma’lum sababga ko‘ra suv tashuvchi mashina jarlikka tushib ketgan va bir necha metr pastga dumalab ketgan. Haydovchi voqea joyida vafot etgan, mashinada bo‘lgan yana ikki kishi og‘ir tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan, biroq shifokorlarning barcha sa’y-harakatlariga qaramay, ikkalasi ham keyinroq vafot etgan.

Qayd etilishicha, marhumlar yong‘inlarni o‘chirishga yordam berish uchun hududga kelgan ko‘plab ko‘ngillilar orasida bo‘lgan.

Kiritildi: 09:20 28.07.2025. O'qildi: 613 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!