Bugun 2 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

Ogoh bo‘ling! "Dacha" mavsumida firibgarlar ham pul ishlab olyapti!

Ogoh bo‘ling! "Dacha" mavsumida firibgarlar ham pul ishlab olyapti!

Joriy yilning 22 iyun kuni Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasiga 1960 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, yozgi dachani ijaraga olganligini, oldindan begona shaxsga 1 million 400 ming so‘m miqdordagi pullarini o‘tkazib berganligini ma’lum qilgan.

U esa pulni kartasiga o‘tkazib olgach, fuqaro bilan aloqani uzib, ijtimoiy tarmoqlardan g‘oyib bo‘lgan.

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Axborot texnologiyalari sohasida jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida 1999 yilda tug‘ilgan fuqaro Toshkent shahri hududida qo‘lga olindi.

Ushbu shaxs bilan olib borilgan surishtiruv tadbirlari natijasida, u shu kabi 15 dan ortiq holatlarni sodir etganligi ma’lum bo‘lgan.

Hozirda holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi prosessual tartibda ushlangan. Tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Kiritildi: 04:35 28.07.2025. O'qildi: 771 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!