Qo‘shma Shtatlar prezidenti bu haqda Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen bilan Shotlandiyadagi uchrashuvida ma’lum qildi.
"Bizda uch-to‘rtta muammoli masala bor, lekin hozirch a ularni batafsil muhokama qilishni istamayman. Biz ularni ko‘rib chiqamiz, ammo menimcha, eng muhim masala — bu savdo munosabatlarini adolatli tarzda yo‘lga qo‘yish masalasi hisoblanadi", — deya qo‘shimcha qildi u.
Tramp, shuningdek, AQSh Yevropa Ittifoqi mahsulotlariga nisbatan boj stavkalarini 15 foizdan past darajada belgilashni rejalashtirmayotganini aytdi.