Bu haqda mamlakat prezidenti Aleksandar Vuchich ma’lum qildi.
Avvalroq ommaviy axborot vositalari mamlakatning Yevrointegrasiya masalalari bo‘yicha vaziri Nemanya Starovichning bayonotini keltirib, Belgrad agar Yevropa Ittifoqiga a’zolik bo‘yicha kafolat oladigan bo‘lsa, Rossiyaga qarshi sanksiyalarga qo‘shilishi mumkinligini bildirganini xabar qilgan edi.
"Vazir Starovich biroz boshqacha fikr bildirgan, ammo u shubhasiz ehtiyotsizlik qilgan. Serbiya Rossiyaga qarshi sanksiyalar joriy qilmaydi. Garchi bu G‘arbda ham, Sharqda ham ko‘pchilikka yoqmasa-da, biz mustaqil siyosat yuritishda davom etamiz", — deya ta’kidladi Serbiya prezidenti.