Bugun 2 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

Avstriya Rossiya tufayli NATO'ga a’zo bo‘lish va neytrallikdan voz kechishni muhokama qilishga tayyor

Avstriya Rossiya tufayli NATO'ga a’zo bo‘lish va neytrallikdan voz kechishni muhokama qilishga tayyor

Bu haqda mamlakat Tashqi ishlar vaziri Beate Maynl-Rayzinger Die Welt nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.

"Faqat neytrallik bizni himoya qila olmaydi, bu aniq. Global xavfsizlik bo‘yicha vaziyat noaniq bo‘lib borayotgan va Rossiya tobora tajovuzkorlashayotgan bir paytda, Avstriyani himoya qiladigan omil bu mudofaa salohiyatimizga kiritilayotgan sarmoyalar va hamkorlik munosabatlaridir", — deya fikr bildirdi Maynl-Rayzinger

Uning ta’kidlashicha, garchi hozircha Avstriya parlamentida yoki mamlakat aholisi orasida NATO'ga a’zolikni qo‘llab-quvvatlovchilar ko‘pchilik bo‘lmasa-da, bu boradagi munozara juda samarali bo‘lishi mumkin.

Avstriya 1955 yilda neytral maqomini e’lon qilgan edi. O‘sha yili ittifoqchi davlatlar, jumladan SSSR qo‘shinlari mamlakat hududida olib chiqilgandi. Shu tariqa Avstriya o‘z mustaqilligini tiklagan va “doimiy neytrallik” maqomi konstitusiyada mustahkamlangan. Avstriya NATO a’zosi emas, biroq alyans bilan, “Tinchlik yo‘lida hamkorlik” dasturi doirasida hamkorlik qiladi.

Kiritildi: 20:13 27.07.2025. O'qildi: 849 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!