Bugun 2 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

Turkiyada yana o‘rmon yong‘inlari avj olmoqda

Turkiyada yana o‘rmon yong‘inlari avj olmoqda

Turkiyaning Bursa viloyatining Gursu va Kestel tumanlari o‘rtasida sodir bo‘lgan o‘rmon yong‘ini shamolli ob-havo tufayli kuchayib bormoqda.

Yong‘in sodir bo‘lgan hududdagi bir qator qishloqlarni evakuasiya qilish boshlandi. Ma’lum qilinishicha, yong‘in aholi yashash joylariga tahdid solmoqda, Qorahidir va Ig‘dir qishloqlari esa alanga ichida qolgan.

Bursa munisipaliteti aholini yong‘in xavfidan ogohlantirdi. Ayni paytda, Karabyuk-Anqara avtomobil yo‘li har ikki yo‘nalishda ham harakatga yopilgan.

Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘inni o‘chirish choralari ko‘rilmoqda, yong‘inni o‘chirish uchun o‘t o‘chirish brigadalari jalb qilingan. Yong‘inni o‘chirishda o‘rmon xo‘jaligi xodimlari va mahalliy aholi ham ishtirok etmoqda.

Yong‘in sabablari hozircha noma’lum. Qayd etilishicha, aholi turar joylari xavf ostida.

O‘rmon yong‘inlari Karabük, Ushak va Qahramanmarash viloyatlarida ham davom etmoqda. Karabukda 20 ga yaqin qishloq va 50 mahalla evakuasiya qilindi.

Kiritildi: 10:45 27.07.2025. O'qildi: 660 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!