Bugun 2 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

Britaniyada noqonuniy muhojirlarni mehmonxonalarda joylashtirishga qarshi norozilik namoyishlar kuchayib bormoqda

Britaniyada noqonuniy muhojirlarni mehmonxonalarda joylashtirishga qarshi norozilik namoyishlar kuchayib bormoqda

Noqonuniy muhojirlarni mehmonxonalarga joylashtirish amaliyotiga qarshi namoyishlar Buyuk Britaniya bo‘ylab tarqala boshladi.

Bu haqda The Daily Telegraph nashri xabar bermoqda.

Unga ko‘ra, 26 iyul kuni Angliya sharqidagi Norvich shahrida norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tgan. Noqonuniy muhojirlar joylashgan mehmonxonalardan biri oldida Britaniya bayroqlari ko‘targan yuzlab odamlar yig‘ilib, uning yopilishini talab qilishdi. Xuddi shunday norozilik namoyishlari Lids, Nottingemshir, Sautgempton (Gempshir) shaharlarida ham bo‘lib o‘tdi. Maqolada aytilishicha, ayrim hollarda muhojirlarni himoya qilishni targ‘ib qiluvchi guruhlar namoyishchilarga yaqinlashmoqchi bo‘lgan, biroq polisiya ularni to‘qnashmaslik uchun chetga tortib olgan.

The Daily Telegraph gazetasining xabar berishicha, 27 iyul kuni mamlakat janubidagi Bornmut (Dorset) va Sautgempton, Satton-in-Eshfild (Nottingemshir), Vulverxempton (G‘arbiy Midlendlar), Altrincham (Katta Manchester) va Epping (Esseks) shaharlarida yangi norozilik namoyishlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Iyul oyi o‘rtalarida Eppingda sodir bo‘lgan voqeadan so‘ng norozilik namoyishlari kuchayib bormoqda. Shaharda yashovchi Efiopiyadan kelgan 38 yoshli qochqin 14 yoshli qizga jinsiy tajovuz qilganlikda ayblangan. Shundan so‘ng o‘nlab odamlar muhojirlar joylashgan mehmonxona oldiga to‘planib, uning yopilishini talab qilishdi. Namoyishlar bir necha kun davom etdi, 18 kishi hibsga olindi, ulardan 7 nafari ayblandi.

Kiritildi: 10:30 27.07.2025. O'qildi: 610 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!