Bugun 2 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

Marokash poytaxtida FIFAning Afrikadagi ofisi ochildi

Marokash poytaxtida FIFAning Afrikadagi ofisi ochildi

Shanba kuni Marokash poytaxti chekkasida joylashgan Sale shahridagi Qirol Muhammad VI futbol majmuasida Xalqaro futbol federasiyasining (FIFA) Afrikadagi ofisi ochildi.

Bu haqda Maghreb Arabe Presse axborot agentligi xabar berdi.

Marosimda FIFA prezidenti Janni Infantino, Afrika futbol konfederasiyasi prezidenti Patris Motsepe, Marokash Qirollik futbol federasiyasi prezidenti Fauzi Lekjaa, turli rasmiylar va qirollik sport sohasi vakillari ishtirok etdi.

“Bu tarixiy lahza, bayram va baxt kuni FIFA va Afrika, Marokash va butun dunyo futboli tarixiga oltin harflar bilan yoziladi”, dedi Infantino ochilish marosimida.

“Vakolatxonaning ochilishi jumladan, Taxt kuni (Marokashning asosiy milliy bayrami, har yili 30 iyulda nishonlanadigan) nishonlanishiga to‘g‘ri kelgandi”, — qo‘shimcha qildi FIFA prezidenti.

Kiritildi: 09:45 27.07.2025. O'qildi: 553 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!