Bugun 2 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

"Tottenxem"ning janubiy koreyalik futbolchisi: "Falastindagi ko‘plab oilalar va bolalar kuchli ochlikdan azob chekmoqda"

"Tottenxem"ning janubiy koreyalik futbolchisi: "Falastindagi ko‘plab oilalar va bolalar kuchli ochlikdan azob chekmoqda"

Son Xyon Min G‘azodagi ochlik muammosini hal qilishda yordam berishga odamlarni da’vat etdi.

"Tottenxem" va Janubiy Koreya terma jamoasi hujumchisi Jahon oziq-ovqat dasturi uchun videomurojaat yozib oldi - u xayriya tashkiloti bilan ezgu niyat elchisi sifatida hamkorlik qilmoqda. Futbolchi odamlarni mintaqadagi aholiga oziq-ovqat uchun xayriya qilishga chaqirdi.

"Falastindagi ko‘plab oilalar va bolalar kuchli ochlikdan azob chekmoqda. Men Jahon oziq-ovqat dasturi bilan birga butun dunyo bo‘ylab ochlikka qarshi kurashmoqdaman.

Ommaviy ocharchilik hukm surayotgan joylarda oilalarga oziq-ovqat berish - bu ularga hayot baxsh etish bilan barobar, siz hayotlarni saqlab qolishingiz mumkin. Siz qila oladigan eng yaxshi sovg‘a - bu oziq-ovqat," - dedi Son.

Kiritildi: 09:20 27.07.2025. O'qildi: 736 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!