Bugun 2 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

Buyuk Britaniya va Avstraliya suv osti kemalari bo‘yicha yadroviy shartnoma imzoladilar

Buyuk Britaniya va Avstraliya suv osti kemalari bo‘yicha yadroviy shartnoma imzoladilar

Buyuk Britaniya va Avstraliya yadroviy suv osti kemalarini qurish va ulardan foydalanish bo‘yicha 50 yillik ikki tomonlama hamkorlik shartnomasini imzoladi.

Bu haqda Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi bayonotida aytilgan.

Hujjatni departament rahbari Jon Xili va uning avstraliyalik hamkasbi Richard Marles imzoladi. Bayonotda qayd etilganidek, kelishuv "SSN-AUKUS klassidagi suv osti kemalarini loyihalash, qurish, foydalanish, texnik xizmat ko‘rsatish va foydalanishdan chiqarish bo‘yicha har tomonlama hamkorlikni ta’minlaydi”.

Bitim Avstraliya, Buyuk Britaniya va AQSh (AUKUS) hukumatlari o‘rtasidagi uch tomonlama hamkorlikka asoslangan.

Ikki tomonlama kelishuvning asosiy maqsadi "mudofaa sektorini iqtisodiy o‘sish mexanizmi sifatida ishlatib, Yevro-Atlantika va Hind-Tinch okeani mintaqalarida o‘nlab yillar davomida barqarorlik va xavfsizlikni saqlash" ekanligi aytiladi. Londonda kelishuv imzolanishi arafasida ta’kidlanganidek, u keyingi 25 yil ichida 20 milliard funt sterling (27 milliard dollar) darajasida yangi eksport imkoniyatlarini yaratishi kerak.

Kiritildi: 09:15 27.07.2025. O'qildi: 537 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!