Bugun 2 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

Turkiya Rossiya, AQSh va Ukraina prezidentlarini uchrashtirmoqchi

Turkiya Rossiya, AQSh va Ukraina prezidentlarini uchrashtirmoqchi

Turkiya tashqi ishlar vaziri Hoqon Fidan Rossiya, AQSh va Ukraina yetakchilarining Istanbulda tez orada uchrashuv o‘tkazishiga umid bildirdi.

Bu haqda u Istanbuldagi matbuot anjumanida 23 iyul kuni Chiragan saroyida bo‘lib o‘tgan Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarning uchinchi raundi yakunlari doirasida aytib o‘tdi.

"Umid qilamanki, bu yaqin kelajakda amalga oshadi. Men har uchala yetakchi ham Istanbulda prezidentimiz boshchiligida yig‘ilishiga ishonaman", - dedi Fidan.

Turkiya TIV rahbarining so‘zlariga ko‘ra, muzokaralar kun tartibidan yetakchilarning ehtimoliy uchrashuvi masalasi bo‘lgan: "Rossiya va Ukraina Istanbulda bo‘lishi mumkin bo‘lgan uchrashuv bo‘yicha xayrixohlik bildirmoqda. Prezidentimiz sammit o‘tkazish imkoniyatiga chindan ishonadi, u bu jarayonni biroz tezlatmoqchi. Lekin bunday uchrashuv delegasiyalar darajasida olg‘a siljishni talab qiladi”.

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on 25 iyul kuni rossiyalik va amerikalik hamkasblari Vladimir Putin va Donald Tramp bilan Istanbulda Ukraina bo‘yicha uchrashuv o‘tkazish imkoniyati haqida telefon orqali gaplashish rejasini ma’lum qildi.

Kiritildi: 08:35 27.07.2025. O'qildi: 652 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!