Bugun 2 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

Boku Moskvadan AZAL samolyotining halokati hchun javobgarlikni tan olishni talab qildi

Boku Moskvadan AZAL samolyotining halokati hchun javobgarlikni tan olishni talab qildi

Bu haqda Ozarboyjon prezidenti ma’muriyatining tashqi siyosat masalalari bo‘yicha bo‘limi boshlig‘i Hikmet Gajiyev Berliner Zeitung nashriga ma’lum qildi.

"Hodisa Rossiya hududida, Rossiya havo makonida yuz bergan va biz bu qanday sodir bo‘lganini yaxshi bilamiz. Bu sir emas. Ozarboyjon qo‘shni va hamkor davlat sifatida Rossiyaning bu borada mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishini va adolatni ta’minlashini kutmoqda", — dedi Gajiyev.

Ozarboyjon rasmiysining so‘zlariga ko‘ra, Boku va Moskva o‘rtasidagi munosabatlardagi keskinlik aynan Azerbaijan Airlines (AZAL) samolyoti halokatidan keyin yuzaga kelgan.

2024 yil 25 dekabr kuni Qozog‘istonning Aqtau shahri aeroporti yaqinida AZAL samolyoti halokatga uchragandi. Hodisa oqibatida 38 kishi halok bo‘lgan. Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev halokatdan so‘ng samolyot Grozniy shahri yaqinida “tashqi ta’sir” tufayli shikastlanganini va bu boshqaruvni yo‘qotishga olib kelganini bildirgandi.

Rossiyaga ko‘ra, samolyot Grozniy aeroportiga qo‘nishga urinayotgan paytda hudud Ukraina dronlari hujumiga uchragan. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Aliyevga qo‘ng‘iroq qilib, "samolyot bilan bog‘liq fojiali voqea Rossiya havo hududida sodir bo‘lgani" uchun uzr so‘raganedi.

Ilhom Aliyev Ozarboyjon samolyot halokati munosabati bilan Rossiyaga qarshi xalqaro sudlarga da’vo kiritish uchun hujjatlarni tayyorlayotganini ma’lum qilgandi. Boku Moskva aybini tan olishini, shuningdek, jabrlanganlarning oilalariga tovon puli to‘lanishini va AZAL samolyoti uchun yetkazilgan zararni qoplashni talab qilmoqda.

Kiritildi: 23:35 26.07.2025. O'qildi: 759 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!