Bugun 2 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

Tramp Tailand va Kambodja bosh vazirlariga qo‘ng‘iroq qildi

Tramp Tailand va Kambodja bosh vazirlariga qo‘ng‘iroq qildi

Tramp Tailand va Kambodja bosh vazirlariga qo‘ng‘iroq qilib, ikki davlat chegarasidagi otishmani to‘xtatishni so‘raganini ma’lum qildi.

Qo‘shma Shtatlar prezidenti Tailand va Kambodja hukumat rahbarlari o‘t otishni to‘xtatish istagini bildirganini aytdi.

"Biz bu ikki davlat bilan savdo qilamiz, lekin agar ular urushayotgan bo‘lsa, hech biri bilan savdo kelishuvini tuzishni istamaymiz. Men buni ularga aytdim", — dedi Tramp.

"Kambodja va Tailand o‘rtasidagi mojaro Pokiston va Hindiston o‘rtasidagi harbiy to‘qnashuvlarga o‘xshaydi. O‘shanda qurolli ziddiyat muvaffaqiyatli to‘xtatilgan edi", — deya qo‘shimcha qildi Qo‘shma Shtatlar yetakchisi.

Kiritildi: 22:45 26.07.2025. O'qildi: 625 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!