The Hill nashrining yozishicha, uzoq davom etgan, mashaqqatli urush AQShni, Yevropani chalg‘itadi va shu orqali Xitoy ta’sirini kuchaytiradi. Xitoy Rossiyaning urushda g‘alaba qozonishi variantini xoxlamaydi, chunki bu unga hech qanday foyda keltirmaydi.
Biroq, Rossiyaning urushda mag‘lub bo‘lish ssenariysi bir qator beqarorlashtiruvchi omillar, xususan, mamlakatda davlat to‘ntarishi sodir bo‘lishiga tahdid soladigan ichki zo‘ravonlik, Putinning hokimiyatdan chetlatilishi, "elitalar urushi" va mintaqalarning mustaqilligini e’lon qilishi sababli Xitoyga to‘g‘ri kelmaydi.
Maqolada aytilishicha, bu holatda Xitoy Rossiya Federasiyasining ayrim hududlarini anneksiya qilishi mumkin bo‘lsa-da, bu mamlakat xavfsizligiga tahdid soladi.