Ilgari dunyo bo‘ylab, ayniqsa Xitoy va Hindistonda ota-onalar asosan o‘g‘il farzandni afzal ko‘rishgan. Natijada 1980 yildan beri taxminan 50 million qizaloq tug‘ilmagan. Biroq bu tendensiya o‘zgarib bormoqda — 2025 yilda bu ko‘rsatkich 200 minggacha kamaydi.
O‘zgarishlar sabablari:
– 2001-yildan beri 7 millionga yaqin qizaloq “asralgan”, ya’ni tug‘ilishiga yo‘l qo‘yilgan.
– Sun’iy urug‘lantirish klinikalarida farzand jinsini tanlash imkoniyati bo‘lgan ota-onalar ko‘proq qiz bola istashayotgani kuzatilmoqda.
– Farzandlikka olish jarayonlarida ham qiz bolalarga bo‘lgan talab oshib bormoqda.