Vengriya bosh vaziri bu haqda Telex nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina YEIga qo‘shilsa, urush Yevropaning qolgan hududlariga tarqalishi mumkin, bu esa Vengriya uchun ham xavfli sanaladi.
"Ukraina biz uchun dushman emas, ammo uning Yevroittifoqqa to‘liq a’zolik o‘rniga shartnoma asosidagi hamkorlik munosabatlari orqali “bufer davlat” sifatida qolishi barchamiz uchun xavfsiz yechim hisoblanadi", — deya qo‘shimcha qildi Orban.